Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiyada 25 kishi «G‘arbiy Nil» virusidan halok bo‘ldi

Serbiyada 25 kishi «G‘arbiy Nil» virusidan halok bo‘ldi

Serbiyada «G‘arbiy Nil» virusi 25 kishining yostig‘ini quritdi, deya xabar beradi «Sabah.com» nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yil 4 sentyabrgacha mamlakatda 25 kishi aynan shu virus tufayli vafot etgan.

Mamlakat miqyosida 262 kishi ushbu virusni yuqtirib olgan.

Yevropa Ittifoqiga a’zo Gretsiya, Italiya, Vengriya va Ruminiya davlatlarida jami 798 kishi «G‘arbiy Nil»ga chalingan.

Gretsiyada 18, Italiyada 13, Ruminiyada 12 kishi  virus qurboniga aylangan.

Ma’lumot uchun, «G‘arbiy nil» odatda qushlar va chivinlar orqali (ba’zi hollarda odamlar va otlar orqali ham) o‘tuvchi virus bo‘lib, o‘limga olib keluvchi asab kasalligini yuzaga keltiradi. Virusni yuqtirgan bemorlarning 80 foizida hech qanday kasallik belgilari yuzaga kelmasligi ham mumkin. Virus, asosan, Afrika, Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Osiyo davlatlarida uchraydi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada avval ham «G‘arbiy Nil» sababli 22 kishi vafot etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring