Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prezidentga suiqasd»: Serbiyada jinoiy guruhga aloqadorligi aytilgan 17 kishi qo‘lga olindi

«Prezidentga suiqasd»: Serbiyada jinoiy guruhga aloqadorligi aytilgan 17 kishi qo‘lga olindi

Serbiyada jinoiy politsiya boshqarmasi boshlig‘i Bogdan Pushich o‘z nutqida prezident Aleksandr Vuchichga suiqasd tayyorlanganini ma’lum qildi. 

Qotillik 27-yanvar kuni, Vuchich Serbiya o‘rta asrlar davlatining asoschisi Stefan Neman yodgorligini ochish vaqtida bo‘lishi kerak edi. Pushichning aytishicha, o‘sha kuni prezidentni himoya qilish uchun 850 nafardan ortiq maxsus kuchlar yuborilgan.

Ko‘p o‘tmay, xavfsizlik kuchlari shaharda uyushgan jinoiy guruhga aloqadorligi aytilgan 17 kishini hibsga olishgan.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ular futbol ishqibozi niqobida bo‘lishgan, shu sababli rasmiylar mahalliy ikkita stadionga ham reyd o‘tkazgan.

Jinoiy guruhga aloqadorligi aytilgan kvartirada ikkita snayper miltig‘i topilgan. Guruh a’zolari qotillik, odam o‘g‘irlash, odam savdosi, tovlamachilik va noqonuniy moddalarni tarqatishda gumon qilinmoqda. Hibsga olinganlar prezidentni o‘ldirishni rejalashtirganligi haqidagi fakt hali tasdiqlanmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring