Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyohlar uchun 2020-yilgi eng xavfsiz yo‘nalishlar tavsiya etildi

Sayyohlar uchun 2020-yilgi eng xavfsiz yo‘nalishlar tavsiya etildi

Foto: «Pixabay»

Jahon turizm va sayohatlar kengashi bu yil yozda dam olish uchun eng maqbul yo‘nalishlar sifatida Portugaliya, Turkiya va Saudiya Arabistonini e’tirof etdi.

Yuqoridagi mamlakatlar maxsus xavfsizlik protokollari ishlab chiqqani tashkilot saytida ta’kidlanadi. Yevropa yo‘nalishlari orasidan, shuningdek, Ispaniyaning Madrid, Sevilya va Barselona shaharlari ham sayyohlarga tavsiya etilmoqda.

BMTning Jahon turizm tashkiloti tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik protokollari sayyohlarga gigiyena va salomatlikni saqlash bo‘yicha xalqaro standartlarga rioya etiluvchi manzillarni topishlarida qo‘l keladi, deyiladi kengash xabarida.

Ro‘yxat muntazam yangilanib, turizm faoliyati tiklangan xavfsiz yo‘nalishlar bilan to‘ldirib borilishi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring