Saudiya Arabistonida shifokorlar 20 yoshli qizning oshqozonidan 2 kg sochni chiqarib olishdi
Saudiya Arabistonida shifokorlar 20 yoshli qizning oshqozonidan 2 kg sochni jarrohlik yo‘li bilan chiqarib olishdi, deya xabar berdi Saudiya Arabistonining «Okaz» gazetasi.
Toif shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili Abdulhodiy ar-Robiyning ma’lum qilishicha, qiz bir necha yillardan beri kuchli og‘riqdan qiynalgan. Oxir-oqibat, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan. Uning oshqozonida yot jism borligi aniqlangan.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, shifokorlar tezda operatsiya o‘tkazishga qaror qilishgan. Ular qizning oshqozonidan og‘irligi ikki kilo keladigan soch o‘ramini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter