Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonida o‘qituvchi o‘limga hukm qilindi

Saudiya Arabistonida o‘qituvchi o‘limga hukm qilindi

Saudiya Arabistoni sudi 54 yoshli sobiq o‘qituvchi Muhammad al-G‘amdini o‘lim jazosiga hukm qildi.

CNN telekanaliga ko‘ra, al-G‘amdiyning eng og‘ir jazoga mahkum etilganini Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti tasdiqlagan.

Bunday og‘ir jazoga Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi beshta posti sabab bo‘ldi, unda sobiq o‘qituvchi Saudiya Arabistonidagi korrupsiya va inson huquqlari buzilishi haqida keskin gapirgan deyiladi xabarda.

Muhammad al-G‘amdiy o‘tgan yili «qirol yoki valiahd shahzodani din va qonunga zid ta’riflash», «terrorizm mafkurasini qo‘llab-quvvatlash», «terrorchi tashkiloti bilan aloqadorlik» va «yolg‘on xabarlar chop etish» ayblari bilan hibsga olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring