Saudiya Arabistonida ayollarga sudya sifatida ishlash imkoniyati beriladi

Saudiya Arabistonida yaqin kelajakda ayollar sudya sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu haqda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari Xinda al-Zohid aytib o‘tgan.
«Al Arabiya» bilan suhbatda al-Zohid Qirollikning ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga, xususan, ularning jamiyat hayotining turli sohalarida ishtirok etishlariga imkon berish majburiyatini yana bir bor ta’kidlagan. U Saudiya Arabistonining ayollar huquqlari borasidagi yutuqlarini isbotlagan xalqaro ko‘rsatkichlarga ishora qilib, xususan, Saudiya ayollarining Qirollik mehnat bozoridagi ishtiroki kutilganidan oshib ketganligi haqida aytib o‘tgan.
«Ularning ishtirok etish darajasi bugungi kunda 31 foizga yetdi va bu biz uchun juda katta yutuq. Davlat xizmati sohalariga kelsak, saudiyalik ayollarning ishtirok etish darajasi 39 foizdan 41 foizgacha o‘sdi, ularning aksariyati ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ishlaydi», - degan az-Zohid.
Avvalroq, qirollikda ayollarga mashina haydash va armiyada xizmat qilish kabi imkoniyatlar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter