Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni qiroli arab davlatlari rahbarlarini shoshilinch yig‘moqda

Saudiya Arabistoni qiroli arab davlatlari rahbarlarini shoshilinch yig‘moqda

Foto: «AP»

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud Arab davlatlari ligasi va Fors ko‘rfazi davlatlari hamkorligi kengashi a’zolarini shoshilinch ravishda Makka shahriga yig‘ilishga chaqirdi. Yig‘ilish 30 iyunda bo‘lib o‘tishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, 13 may sanasida Saudiya Arabistoni hukumati Ummon ko‘rfazidagi ikkita neft tankeriga hujum bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Yana ikki tijoriy kemaga BAAning Fujayra porti yaqinida hujum uyushtirilgan.

Ekspertlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra ushbu hujumlarga Eron davlatining aloqasi bor. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring