Saudiya Arabistoni maktablarida xitoy tili o‘rgatiladi
Saudiya Arabistoni Ta’lim vazirligi barcha xususiy va davlat maktablariga xitoy tili dasturini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb xabar bermoqda Saudi Gazette nashri.
Nashrning yozishicha, bu qaror valiahd shahzoda va qirollik bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning Xitoyga tashrifi chog‘ida qabul qilingan.
Xalq ta’limi vazirligining direktivasiga ko‘ra, har yakshanba va dushanba kunlarining to‘rtinchi darsi maktablarda xitoy tili darslariga bag‘ishlanadi. Gazetaning qayd etishicha, qirollik bo‘ylab ta’lim bo‘limlari ikkinchi sinf o‘quvchilari uchun ixtisoslashtirilgan sinflar doirasida xitoy tili dasturini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter