Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni bitta asar uchun muzey qurmoqchi

Saudiya Arabistoni bitta asar uchun muzey qurmoqchi

Foto: «Medium.com»

Saudiya Arabistoni maxsus muzey barpo etishni rejalashtirmoqda. Unda Leonardo da Vinchining «Dunyo najotkori» («Salvator Mundi») asari namoyish etiladi, deya xabar berdi «Wall Street Journal» ma’lumotlariga tayanib «Middle East Monitor».

Bu haqda mamlakat madaniyat vaziri o‘rinbosari Hamid bin Muhammad Fayes ma’lum qilgan. Mashhur asarni 2017-yili Christie’s auksionida Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon 450 million dollarga sotib olgan.

«Dunyo najotkori» muzeyidan tashqari mamlakat san’at sohasidagi loyihalarga milliardlab dollar sarflash niyatida. Bunda 12 dan ortiq madaniy muassasalar barpo etish ham ko‘zda tutilgan.

Leonardo da Vinchi chizgan asar dunyodagi eng qimmat rasm bo‘lib qolmoqda. Uni 2018-yil 18-sentyabrda Luvrning Abu-Dabidagi filialida ko‘rgazmaga qo‘yish rejalashtirilgandi. Biroq keyinchalik bu muhim voqeani o‘tkazish sanasi boshqa kunga qoldirilgan. Rasmiylar ushbu qarorning sababini izohlashmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring