Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni aviaparvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Saudiya Arabistoni aviaparvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Joriy yilning 20-dekabr kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash hamda Haj va umra vazirliklari OAV orqali rasmiy bayonot berib, unda Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi (SARS-CoV-2)ning mamlakatda tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan aholiga tibbiy gigiyenik maslahatlar berdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyasi asosida aholi sog‘lig‘ini himoya qilish hamda qirollik hududida SARS-CoV-2ning  tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi qat’iy chora-tadbirlar belgilandi:

  • 2020-yil 21-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00dan boshlab, hozircha 1 hafta muddatga (2021-yil 5-yanvarga qadar cho‘zish ehtimoli bilan) xalqaro aviaqatnov to‘liq to‘xtatilib, quruqlikda qo‘shni davlatlar bilan chegaralar, Qizil dengiz hamda Fors ko‘rfazidagi portlar orqali kirish-chiqish punktlari yopilishi belgilandi.
  • 2020-yil 21-dekabr kunidan boshlab, Saudiya Arabistoniga kirish vizalarini rasmiylashtirish va chetdan ziyoratchilarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi.
  • Xorijda yurgan va qirollikka qaytayotgan har bir Saudiya Arabistoni fuqarosi 14 kun muddatga statsionar karantinga olinib, qat’iy tibbiy kuzatuvga olinadi.
  • Joylarda so‘nggi 3 oy ichida Saudiya Arabistoniga kirgan fuqarolar, chet elliklar va rezidentlar antitanalarga diagnostika qilinadi.

Shuningdek, joylarda banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, ayniqsa aholi gavjum bo‘ladigan hududlarda karantin qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi, odamlar ommaviy bo‘ladigan ob’yektlar (masjidlar, savdo majmualari, bozorlar va h.k.)da ijtimoiy masofani saqlash va fuqarolarni tibbiy niqobda bo‘lishlarini ta’minlash talab etiladi.

Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ayni vaqtda Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari bilan yangi SARS-CoV-2 shtammning tarqalishini o‘rganish chora-tadbirlarini ko‘rayotganligi ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring