Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni aholisiga 12 davlatga borish taqiqlandi

Saudiya Arabistoni aholisiga 12 davlatga borish taqiqlandi

Foto: Islam-today

Saudiya Arabistoni o‘z fuqarolariga 12 mamlakatga tashrif buyurishni taqiqladi.

Mamlakat ichki ishlar vazirligining bayonotiga ko‘ra, qirollik fuqarolarining Eron, Livan, Suriya, Yaman, Liviya, Turkiya, Armaniston, Afg‘oniston, Somali, Kongo Demokratik Respublikasi, Venesuela va Belarusga tashrif buyurishlari taqiqlangan.

Bunday choralar koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida qabul qilingan.  Bayonotda qayd etilishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus pandemiyasi «hali barham topmagan».

Hozirgi kunda yuqumli kasalliklar va qurbonlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan AQSh negadir Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi ro‘yxatida yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring