«Saudi Aramco» dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylanishi mumkin
«Saudi Aramco» neft giganti dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylanishi mumkin. «Bloomberg» Saudiya Arabistoni kompaniyasi va «Apple Inc.» o‘rtasidagi farq shiddat bilan kamayib borayotgani haqida yozdi.
Neft 2008-yildan buyon eng qimmat cho‘qqisiga ko‘tarildi, «Aramco» aksiyalari qiymati 15 foizga o‘sishi uchun uch haftadan kam vaqt kifoya qildi. Va aksincha, smartfonlar bozorida ulgurji savdolar avjiga chiqishi «Apple» qimmatbaho qog‘ozlarini 9 foizgacha qadrsizlantirdi, hozir kompaniya $2,6 trln.gacha baholanyapti.
Garchi «Saudi Aramco»ni birinchi o‘ringa ko‘tarilishdan 10 foizlik farq ajratib turgan bo‘lsa-da, «qora oltin» narxining tinmay o‘sayotgani (ayniqsa, Rossiya nefti sanksiyalanganidan so‘ng) «chempion» yangilanishi ehtimolini kuchaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter