Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saakashvili Gruziyada hibsga olingani aytilmoqda

Saakashvili Gruziyada hibsga olingani aytilmoqda

Foto: «Ru.armeniasputnik.am»

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakat hududida hibsga olindi. Bu haqda Gruziya Bosh vaziri Irakli Garibashvili maxsus matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Men jamoatchilikka shuni ma’lum qilmoqchimanki, uchinchi prezident, qidiruvda bo‘lgan Mixail Saakashvili hibsga olindi», — degan u.

«Bizning huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qidiruvda bo‘lgan Mixail Saakashvilini qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyani yuqori darajada amalga oshirishdi. Huquq-targ‘ibot idoralarida uning Ukrainadan Gruziyaga kelmoqchi ekanligi haqida dastlabki ma’lumotlar bor edi va bu jarayon to‘liq nazorat ostiga olingandi», — deya qo‘shimcha qilgan Garibashvili.

Avvalroq, juma kuni siyosatchi Batumida ekanligini aytib, ikkita videomurojaatni e’lon qilgandi.

Biroq Gruziya Ichki ishlar vazirligi Saakashvilining davlat chegarasini kesib o‘tmaganini ta’kidlab, bu bayonotni rad etdi. Boshqarma sobiq prezident sudlangani, qidiruvda ekanligi va Gruziya hududiga kelgan zahoti qo‘lga olinishini eslatib qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring