Rossiyaliklar Qozog‘istonga ishlagani kelmoqda
Rossiyadan Qozog‘istonga kelib ishlovchilar soni o‘tgan yili ikki barobarga oshdi. Bu haqda qozoq mahalliy OAVlari yozmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, agar 2021-yilda Qozog‘istonga Rossiyaning 31,6 ming fuqarosi ishga joylashish maqsadida kelgan bo‘lsa, 2022-yilda bu miqdor qariyb 63 ming nafarni tashkil etgan.
Umuman olganda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, YeOII mamlakatlarida orasida 1,5 milliondan ortiq kishi mehnat muhojiri mavjud. Ta’kidlash joizki, ularning 95 foizi Rossiya Federatsiyasi hududida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 2022-yil sentyabrida qisman safarbarlik e’lon qilgach, Qozog‘iston rossiyalik fuqarolar uchun ko‘chib o‘tish uchun asosiy davlatlardan biriga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter