Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qo‘llagan deputat partiyadan haydaldi

Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qo‘llagan deputat partiyadan haydaldi

Qozog‘istonda Majilis deputati Azamat Abildayev «Aq jol» partiyasidan chiqarib yuborildi.

Sababi Abildayev Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Ostona shahrida «Aq jol» demokratik partiyasi Milliy kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi.

Milliy kengash a’zolari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlagan Azamat Abildayevning so‘zlarini partiya pozitsiyasiga zid, shuningdek, partiyaviy va deputatlik etikasiga zid ekanini ta’kidladi. 

«Aq jol» partiyasi «Qozog‘iston va boshqa do‘st davlatlarning hududiy mustaqilligi va yaxlitligini hurmat qilishi va qo‘llab-quvvatlashi» ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Azamat Abildayevni nafaqat partiyadan chiqarish, balki uning deputatlik vakolatlarini tugatish to‘g‘risida MSKga xat yo‘llash haqida ham qaror qabul qilingan.

Ta’kidlash joizki, deputat Azattik nashriga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlashini aytgan va Ukraina urushini «maxsus harbiy operatsiya» deb atagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring