Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning Kursk viloyatida nimalar bo‘lmoqda?

Rossiyaning Kursk viloyatida nimalar bo‘lmoqda?

Foto: RIA Novosti.

Rossiyaning Ukraina armiyasi yorib kirgan Kursk viloyatida janglar qizimoqda. Rus armiyasi hududda qarshi hujum boshlagani ma’lum bo‘ldi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Telegram-kanalida Rossiya Qurolli kuchlari Kursk yo‘nalishida hujum amaliyotlarini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, Rossiya harbiylari Obuxovka yo‘nalishi bo‘yicha Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumini qaytargan, Kamishevka va Borka yo‘nalishidagi ikkita hujumga, shuningdek, Rossiya chegarasidagi  Noviy Put, Medveje va Veseloye aholi punktlariga yorib o‘tishga uchta urinishning oldi olingan.

Oxirgi 24 soat ichida Ukraina tomoni 300 ga yaqin harbiy xizmatchisini yo‘qotdi, 34 ta zirhli texnika yo‘q qilindi, Ukraina Qurolli kuchlarining 12 nafar askari taslim bo‘ldi, deya iddao qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

13-sentyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasi tomonidan asirga olingan 49 askar almashinuv doirasida mamlakatga qaytganini aytdi. Rossiya Federatsiyasi hozircha bu ma’lumotga izoh bermadi. Shuningdek, Zelenskiyning aytishicha,  rus armiyasi Kurskdagi qarshi hujumda katta muvaffaqiyatga erisha olmayapti. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring