Rossiyalik deputat pensiyani bekor qilishni taklif qildi

Yaroslavl shahar dumasining «Yagona Rossiya» («Yedinaya Rossiya»)dan saylangan deputati Dmitriy Petrovskiyning fikricha, Rossiyada keksalik bo‘yicha pensiyani bekor qilish zarur. «News.ru» yozishicha, bu taklifni u «Facebook»dagi o‘z sahifasida bayon qilgan. Deputatning fikricha, «pensiya yoshi» tushunchasini hamda Pensiya jamg‘armasi tuzilmasini bekor qilish kerak.

Petrovskiyning yozishicha, qancha yil ishlash, nima hisobiga kun ko‘rishni har bir kishining o‘zi mustaqil hal qilishi lozim. Uning fikricha, keksalik bo‘yicha pensiyani sobiq ittifoq davrida ishlab, bu huquqni qo‘lga kiritganlargagina berish kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter