Rossiyadan chiqib ketish zimdan nazoratga olina boshladi – OAV
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonidan so‘ng erkaklarning mamlakatdan ommaviy qochib ketayotgani aks etgan videotasvirlar tarqala boshladi.
Shu sababli, Moskva aeroportlarida sayohat qilishni istagan erkak yo‘lovchilarni tekshirish boshlangan.
«Moscowtimes» nashri Gruziyaga uchayotgan yo‘lovchilardan birining so‘zlaridan iqtibos keltirib, pasport nazoratidagi chegarachilar yoshlarni so‘roqqa tutayotgani, harbiy biletlarini tekshirishayotganini yozmoqda. Ular fuqarolarning qayerga va nima uchun uchayotgani, hattoki chiptalar qachon sotib olingani bilan ham qiziqishgan.
Biroq biror kishining hibsga olinib, harbiy komissarlikka yuborilgani kuzatilmagan.
Nashr, shuningdek, shunday vaziyatga tushganlarning birida harbiy bileti bo‘lmagani uchun, uni qo‘yib yuborishni istamaganliklarini, ammo u oxir-oqibat qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, uchib ketishga muvaffaq bo‘lganini aytmoqda.
Chorshanba kuni ruslar keyingi bir necha kun uchun Dubay, Yerevan, Ostona va Istanbulga barcha mavjud aviachiptalarni sotib olishgan. Talab 10-15 barobarga, reyslarga chipta narxlari esa 10 barobarga qimmatlashdi.
Qozog‘iston va Gruziya bilan chegaralarda ko‘p kilometrlik avtomashinalar navbatlari hosil bo‘ldi. Finlandiya bilan chegaradagi transport harakati 1,5 baravardan ko‘proqqa oshgan.
Rossiya prezidenti ma’muriyatidagi manbalar urushga safarbarlik sabab mamlakatdan chet elga sayohat cheklovlari joriy etilishini istisno etmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter