Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi AESda favqulodda holat yuz berdi

Rossiyadagi AESda favqulodda holat yuz berdi

Foto: TASS

Rossiyaning Tver viloyatida joylashgan AESda avariya holati yuzaga kelgan va to‘rt energoblokning uchtasi tarmoqdan uzilib qolgan.

Ilk rasmiy xabarga ko‘ra, bunga transformatorlardan biridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Hozirda ishdan chiqqan energobloklarni qayta faol holatga keltirish harakatlari boshlangani aytilmoqda.

Ushbu AES Rosatom davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Rosenergoatom operatori tomonidan boshqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Rosatom korporatsiyasi O‘zbekistondagi ilk AESni qurishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring