Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada yana bir general hibsga olindi

Rossiyada yana bir general hibsga olindi

Rossiyalik general Ivan Popov firibgarlikda gumon qilinib hibsga olindi. 2023-yilning yozida u 58-armiya qo‘mondonligidan chetlashtirilgandi.

Rossiyaning TASS rasmiy agentligi o‘zining anonim manbasiga tayanib xabar berishicha, 58-armiya sobiq qo‘mondoni, general-mayor Ivan Popov «firibgarlikda gumonlanib hibsga olingan».

Manbaga ko‘ra, hibsga olishga 235-garnizon sudi ruxsat bergan. Bu rasman e’lon qilinmagan; Rossiya rasmiylari odatda birinchi navbatda gumondorlarning «qamoqqa olinishi» haqida xabar berishadi, keyin sudlar odatda 60 kunga qamoqqa olish muddatini ma’qullaydi, keyin esa xuddi shu muddatga uzaytiriladi.

Aytilishicha, Popov juda katta miqdordagi firibgarlikda gumon qilinmoqda.

General Popov 2023-yil yozida Zaporoje yo‘nalishida harakat qilgan va Ukraina Qurolli Kuchlarining hujumini qaytargan 58-armiyaga qo‘mondonlik qilgandi. Iyul oyida uning qo‘mondonlikdan chetlatilishi haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Bundan oldin Popovning murojaati e’lon qilingan, unda u armiya muammolari haqida gapirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov bu haqda eshitishni istamagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada avval Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov ham ushlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring