Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada kolbasa va go‘sht mahsulotlariga chigirtka «go‘shti» qo‘shishmoqchi

Rossiyada kolbasa va go‘sht mahsulotlariga chigirtka «go‘shti» qo‘shishmoqchi

Foto: «Kafanews.com»

ITMO universiteti (Sankt-Peterburgdagi Axborot texnologiyalari, mexanika va optika milliy tadqiqotlar universiteti) olimlari chigirtkalarning tashqi xitin qoplamasidan kolbasa va go‘shtli yarim fabrikatlarga biologik qo‘shimchalar yaratish ustida ish olib boryapti, deb yozmoqda «Izvestiya».

Oziq biotexnologiyalari va injeneriyasi fakulteti professori Aleksandr Ishevskiyning aytishicha, chigirtka xitini ilgaritdan kolbasa va go‘shtli yarimfabrikatlarga qo‘shib kelingan go‘sht sanoati chiqindilari o‘rnini egallaydi.

«Hayvonlardan olinadigan oqsil insoniyat uchun borgan sayin tansiqlashib boryapti, shunday ekan qanday qilib xuddi shunday oziq xususiyatlariga ega, ammo arzonroq mahsulotni yaratish mumkin degan savol o‘rtaga chiqadi», — deydi Ishevskiy.

Ekspertning fikricha, chigirtkalarni boqish qoramollarni boqishdan kamxarj. Hattoki ayrim ozuqaviy qiymatlari bo‘yicha bu hasharot «go‘shti» mol go‘shtidan ustun ham emish. Bunday qo‘shimchalar ateroskleroz, yuqori qon bosimidan aziyat chekayotgan insonlarga koni foydaligi ham qo‘shimcha qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring