«Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik G‘arbga tahdid solmoqda» – Stoltenberg
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik G‘arb dunyosi tartibiga tahdid solmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Norvegiyada bo‘lib o‘tgan anjuman chog‘ida ma’lum qildi.
«Ularni boshqa dunyo tartibini xohlayotgani birlashtiradi. Gap shundaki, ular bizning qadriyatlarimizni baham ko‘rmaydilar va erkinlik va demokratiyaga bo‘lgan ishonchimizni buzadigan manfaatlarni himoya qilishga harakat qilishadi. Bu xavfli dunyoda ittifoq mamlakatlari bir-biriga yopishib olishlari kerak», – deydi u.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy tomonlari o‘rtasida iqtisodiyot va harbiy sohadagi hamkorlik kengaymoqda. Bundan tashqari, Stoltenberg Pekin Moskvani Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazgani uchun qoralashdan bosh tortganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy NATOni mavjud vaziyatda ayblaydigan «rus qissasini» targ‘ib qilmoqda, shuningdek, Rossiyaning alyans eshiklarini yangi a’zolar uchun yopish haqidagi talabini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter