Rossiya tomonidan Ukrainaga yuborilgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiya tomonidan Ukrainada bo‘layotgan qurolli to‘qnashuvga yuborilgan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, ellikqal’alik 43 yoshli F.X.ning jasadi joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekistonga olib kelingan. Marhum Rossiyada mehnat muhojiri sifatida ishlagan.
Chet el davlatlari harbiy xizmatiga yollanish qonunan ta’qiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter