Rossiya: qisman safarbarlikka tortilmaydiganlar ro‘yxati e’lon qilindi
Rossiya Mudofaa vazirligi qisman safarbarlikka tortilmaydigan fuqarolar toifalariga aniqlik kiritdi, deb yozmoqda «TASS».
Vazirlikka ko‘ra, bir qator tashkilotlar xodimlari qisman safarbarlikka jalb etilmaydi.
Jumladan:
- axborot texnologiyalari sohasida ishlovchi akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlar xodimlari;
- Rossiya aloqa operatorlarida va aloqa vositalari, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining umumiy foydalanishdagi aloqa vositalari va liniyalari faoliyatining barqarorligi, xavfsizligi va yaxlitligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan shaxslar;
- Axborot va aloqa sohasidagi tashkilotlar hamda davlat «tizim tashkil etuvchi» deb topgan ommaviy axborot vositalari xodimlari;
- to‘lov tizimi tashkilotlari hamda moliya bozori infratuzilmasida ishlovchi shaxslar qisman harbiy safarbarlikka jalb qilinmaydi.
«Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga tegishli tashkilotlarning rahbarlari tomonidan belgilangan shaklda taqdim etilgan fuqarolarning ro‘yxatlari fuqarolarni safarbarlik uchun harbiy xizmatga jalb qilishdan ozod qilish uchun asos bo‘ladi», – deyiladi RF Mudofaa vazirligi ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter