Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Putinga order berganlarning o‘zini mahkamaga tortmoqchi

Rossiya Putinga order berganlarning o‘zini mahkamaga tortmoqchi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Ahmad Xon (Buyuk Britaniya), shuningdek, sudyalar Tomoko Akane (Yaponiya), Rosario Salvatore Aytali (Italiya) hamda va Serxio Xerardo Ugalde Godinez (Kosta-Rika)larga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atganini ma’lum qildi.

Avvalroq ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun order bergan edi.

«Jinoyat ta’qibi noqonuniy, chunki jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar yo‘q. 1973-yil dekabrdagi «Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga, shu jumladan diplomatiya agentlariga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bunday jinoyatlar uchun jazolash to‘g‘risida»gi Konvensiyaga muvofiq, davlat rahbarlari uchun xorijiy davlatlar yurisdiksiyasi amal qilmaydi», – deyiladi Rossiya Tergov qo‘mitasi bayonotida.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Ahmad Xonga nisbatan Rossiya JKning 299 va 360-moddalari (qasddan begunoh shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, shaxsni og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda qonunga xilof ravishda ayblash, shuningdek, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish maqsadida xalqaro himoyaga ega bo‘lgan xorijiy davlat vakiliga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rish) bilan, sudyalarga nisbatan esa JKning 301 va 306-moddalari (bila turib noqonuniy hibsga olish, shuningdek, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish maqsadida xalqaro himoyadan foydalanayotgan xorijiy davlat vakiliga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 17-mart kuni Xalqaro jinoyat sudi Putin va Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun order bergan edi. Sud qaroriga ko‘ra, ular «Ukrainadan aholini (bolalarni) noqonuniy deportatsiya qilish bilan bog‘liq urush jinoyatlarida aybdor».

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring