Rossiya politsiyasi tojikistonlik migrantlarni ishga oladi
Tojikiston fuqarolari Rossiya ichki ishlar vazirligi institutlariga kirishlari mumkin bo‘ldi, deb xabar berdi Topor Live telegram-kanali.
Abituriyentlar 2024-2025-o‘quv yilidan qabul qilinadi. O‘qish kunduzgi bo‘lib, besh yil davom etadi.
RF IIV insitutlari diplomlarini qo‘lga kiritgan tojikistonliklar Rossiya va Tojikiston politsiyasida ishlashlari mumkin.
Rossiya ichki ishlar vaziri shu yilning may oyida shaxsiy tarkib yetishmovchiligidan shikoyat qilib, to‘liq tarkibni shakllantirish uchun 152 ming kishi kerak bo‘lishini ta’kidlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter