Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya — jahon iqtisodiyoti reytingida 11-o‘rinda

Rossiya — jahon iqtisodiyoti reytingida 11-o‘rinda

Foto: «Ntv.ru»

Rossiya 2017-yil yakunlariga ko‘ra yalpi ichki mahsulot bo‘yicha jahon iqtisodiyoti reytingida 11-o‘rinni band etdi. Bu haqda Jahon banki ma’lumotlariga tayanib «Aif.ru» xabar bermoqda.

O‘tgan yili dollar kursi bo‘yicha Rossiyada yalpi ichki mahsulot 1,58 trillionga yetdi.

Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini AQSh band etgan: 19,4 trillion dollar. Ilk o‘ntalikda Xitoy, Hindiston va Braziliya yetakchilik qilayapti.

Avvalroq «Bank of America Merrill Lynch» reytingi bo‘yicha Rossiya jahonning eng yirik rivojlanayotgan bozorlari orasida birinchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bugungi kunda Rossiyada inflyasiya darajasi past, shu bilan birga, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati ham yuqori emas.

Joriy oy boshida Vladimir Putin 2018-yilning ilk besh oyi natijalariga ko‘ra Rossiyada makroiqtisodiyot barqaror ekanini ta’kidlagan edi. Shu davrda YaIMning o‘sishi 3,2 foizni tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring