Robot-it politsiyaga qabul qilindi, lekin tishlash taqiqlanadi
AQShning Massachusets shtati politsiyasi «Boston Dynamics» kompaniyasi bilan itsimon «Spot» robotidan huquqni muhofaza qilishda foydalanishga kelishib oldi. Bu haqda «Businessinsider» xabar berdi.
Politsiya «Spot» robotini avgustdan noyabrgacha sinovdan o‘tkazdi. Endi huquqni muhofaza qilish, jumladan, gumonlanuvchi shaxs yashirinib olgan xavfli joylarni tekshirish uchun foydalanish to‘g‘risida shartnoma imzolashdi. «Boston Dynamics» taqdimot videoroligida robot-it eshikni ochishi va tekshirishi namoyish etilgan. Ma’lum qilinishicha, robot sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, «Spot» odamlarga jismoniy zarar yetkazishi mumkin emas. Bu «Boston Dynamics» robotlarini xarid qilish va ijaraga olish bo‘yicha barcha shartnomalarga xos. Agar robot zarar yetkazish yoki qo‘rqitish uchun ishlatiladigan bo‘lsa, kompaniya uni qaytarib olish huquqiga ega. Massachusets davlat politsiyasi «Boston Dynamics» kompaniyasining robotlarini amaliyotga tatbiq etgan birinchi huquqtartibot muassasasiga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter