Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirovning jiyani vazir etib tayinlandi

Ramzan Qodirovning jiyani vazir etib tayinlandi

Checheniston rahbarining jiyani Adam Cherxigov transport, kommunikatsiya va raqamli rivojlanish vaziri bo‘ldi.

Checheniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va hukumatida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ramzan Cherxigov o‘rniga Checheniston Respublikasi transport, kommunikatsiyalar va raqamli rivojlanish vaziri etib uning o‘g‘li Adam Cherxigov tayinlandi.

Bunga qadar Adam Checheniston hukumati maktabgacha ta’lim qo‘mitasining raisi bo‘lib ishlagan.

«Adam yosh bo‘lishiga qaramay, rahbarlik lavozimlarida katta tajribaga va vazirlik oldida turgan vazifalarni samarali hamda sifatli bajarish uchun zarur professional ko‘nikmalarga ega», — deydi Ramzan Qodirov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring