Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Radiatsiya koronavirusga qarshi — yangi usul qanchalik samarali?

Radiatsiya koronavirusga qarshi — yangi usul qanchalik samarali?

Foto: «Gazeta.ru»

AQSh va Kanada olimlari koronavirus infeksiyasini nurli terapiya bilan davolash imkoniyatlarini o‘rganishmoqda. 

Xususan, Jek Adi onkologiya markazi (Kanada) mutaxassislari kichik dozali rentgen nurlari koronavirus infeksiyasi oqibatida kelib chiquvchi pnevmoniyadan tuzalishda naf berishi mumkin, degan fikrdalar.

«Yigirmanchi asr boshlarida pnevmoniyani rentgen nurlari yordamida davolash oddiy hol bo‘lgan», — Yevropa nurli terapiya va onkologiya jamiyati jurnalida chiqqan maqolada mualliflar ana shu dalilni ilgari surishdi.

Emori universiteti (AQSh)ning Saraton instituti ilmiy guruhi ushbu tajriba usulni koronavirus va pnevmoniyaga chalingan 10 nafar bemorda sinab ko‘rishga ham ulgurdi. Nurlantirilgan bemorlar to‘rt karra tez tuzalishgan, radiatsiyaning nojo‘ya ta’sirlari qayd etilmagan.

P.S. Xuddi aksariyat G‘arb mutaxassislari rus vaksinasi foydasiga shubha bildirayotgani kabi, rossiyalik mutaxassislar ham radiatsiya insonga ziyon yetkazmasdan koronavirusni o‘ldira olishiga ishonishmagan...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring