Qozog‘istondagi hodisalarda 8 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Qozog‘istonning Jambul viloyati, Masanchi qishlog‘ida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar haqida xabar berilgan edi.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayevning xabar berishicha, hodisalarda 8 kishi vafot etgan. Vazir bu haqda OAV brifingida ma’lum qildi, demoqda Zakon.kz nashri.
Tartibsizliklarda yonuvchi moddalar, metall predmetlar va toshdan foylanilgan. Kelishmovchiliklar Masanchidan qo‘shni qishloqlargayam tarqalgan.
47 kishi hodisalarga aloqador sifatida qo‘lga olingan? 30 ta uy, 15 ta savdo ob’yekti, 23 ta avtomashinaga ziyon yetgan. Vazirning aytishicha, Korday tumanida vaziyat hozirda barqarorlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti To‘qayev bayonot berib, vaziyatdan provokatorlar foydalanmoqchi bo‘lganini ta’kidlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter