Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi, 10 nafar vazir o‘z lavozimida qoldi

Qozog‘istonda yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi, 10 nafar vazir o‘z lavozimida qoldi

Foto: «Regnum»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi hukumat tarkibini tasdiqlovchi farmonga imzo chekdi.

Yangi tayinlanganlar:

  • Roman Sklyar — Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari.
  • Yerali Tog‘janov — Bosh vazir o‘rinbosari.
  • Baxit Sultanov — Bosh vazir o‘rinbosari — Savdo va integratsiya vaziri.
  • G‘alimjan Qoyshibayev — Bosh vazir devoni rahbari.
  • Dauren Abayev — Madaniyat va sport vaziri.
  • Bolat Aqsholaqov — Energetika vaziri.
  • Asqar Umarov — Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri.
  • Qanat Musin — Adliya vaziri.
  • Ajar G‘iniyat — Sog‘liqni saqlash vaziri.
  • Qayirbek O‘skenbayev — Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri.
  • Alibek Quantirov — Milliy iqtisodiyot vaziri.

O‘z lavozimini saqlab qolganlar:

  • Muxtar Tleuberdi — Bosh vazir o‘rinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
  • Murat Bektanov — Mudofaa vaziri.
  • Yerlan Turg‘imbayev — Ichki ishlar vaziri.
  • Asxat Aymag‘ambetov — Ta’lim va fan vaziri.
  • Serik Shapkenov — Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri.
  • Yerulan Jamaubayev — Moliya vaziri.
  • Yuriy Ilin — Favqulodda vaziyatlar vaziri.
  • Bag‘dat Musin — Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri.
  • Serikqali Brekeshev — Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri.
  • Yerbol Qarashukeyev — Qishloq xo‘jaligi vaziri.

Qozog‘iston prezidenti farmoni bilan Alixon Smoilov Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

Yangi hukumatning ilk yig‘ilishi ertaga, 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring