Qozog‘istonda uchta yangi viloyat tashkil etildi
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi, deb yozdi «Zakon.kz».
Farmonga ko‘ra, Qozog‘istonda uchta viloyat tashkil etildi: Abay, Jetisu, Ulitau.
Olmaota viloyatining ma’muriy markazi Toldiqo‘rg‘on shahridan Qo‘nayev shahriga ko‘chirildi.
Abay viloyati
Ma’muriy markazi Semey shahrida joylashgan Abay viloyati tarkibiga ilgari Sharqiy Qozog‘iston viloyati tarkibida bo‘lgan Oqsuat, Abay, Ayag‘oz, Beskarag‘ay, Boroduluxa, Jarma, Urjar, Ko‘kpekti tumanlari, Semey va Kurchatov shaharlari kiritildi.
Jetisu viloyati
Ma’muriy markazi Toldiqo‘rg‘on shahrida joylashgan Jetisu viloyati tarkibiga ilgari Olmaota viloyati tarkibida bo‘lgan Oqsuv, Alakol, Eskeldi, Qoratol, Kerbuloq, Ko‘ksu, Panfilov, Sarkan tumanlari, Toldiqo‘rg‘on va Tekeli shaharilari kiritildi.
Ulitau viloyati
Ma’muriy markazi Jezqazg‘an shahrida joylashgan Ulitau viloyati tarkibiga ilgari Qarag‘anda viloyati tarkibida bo‘lgan Janarka, Ulitau tumanlari, Jezqazg‘an, Karajal va Satpayev shaharlari kiritildi.
To‘qayev Qozog‘iston xalqiga murojaatida davlatni yanada samarali boshqarish uchun ma’muriy-hududiy islohotlar o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter