Qozog‘istonda ilk hokimlar saylovi: MSK yakuniy bayonot berdi
![Qozog‘istonda ilk hokimlar saylovi: MSK yakuniy bayonot berdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2635391753.jpg)
Kecha, 5-noyabr kuni Qozog‘istonda ilk bor 45 tuman va viloyat ahamiyatiga molik shaharlar hokimlari saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi uning yakuni haqida bayonot berdi.
Saylovni pilot rejimida o‘tkazish uchun 42 ta tuman va 3 ta viloyat ahamiyatiga ega shaharlar ro‘yxati tasdiqlandi.
1553 ta saylov komissiyasi ishtirokida, muqobillik tamoyili asosida o‘tkazilgan saylovda davomat 62,79 foizga yetdi.
125 nafar nomzod orasidan saylangan yangi hokimlarning o‘rtacha yoshi 46,7 yoshni tashkil etmoqda.
Saylov mamlakat qonunchiligi talablariga muvofiq o‘tgani, ovoz berish jarayonini 8500 ga yaqin ishonchli vakil, kuzatuvchi va OAV vakillari kuzatib borgani ma’lum qilingan.
MSK eslatmasiga ko‘ra, mahalliy hokimliklar saylovi Qozog‘iston prezidenti tashabbusi bilan birinchi marta o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter