Koronavirus: Qozog‘iston Xitoy uchun 72 soatli vizasiz tartibni bekor qildi
Qozog‘iston hukumati Xitoyda avj olayotgan koronavirusning mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida 10 ta banddan iborat qat’iy choralarni belgiladi, deya yozmoqda «Platforma.uz».
Ular quyidagilardan iborat:
1. Davlat chegarasidagi o‘tish punktlarida, shu jumladan, havo, avtomobil va temir yo‘l transporti ob’yektlarida sanitariya-epidemiologiya va migratsiya nazorati kuchaytirildi.
2. Xitoydan qaytgan barcha qozog‘istonliklarga tibbiy nazorat o‘rnatildi.
3. Epidemiologik vaziyat yomonlashganda tibbiy muassasalarning aholiga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligi oshirildi.
4. Xitoyga xizmat safarlarini cheklash, shuningdek, xususiy biznes yoki sayyohlik maqsadlarini rad etish belgilandi.
5. Qozog‘istonga tranzit yo‘li bilan boruvchi xitoyliklarning 72 soatlik vizasiz tartibi to‘xtatildi.
6. «Xorgos»ning qozoq qismi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
7. Xitoyda qolib ketgan qozog‘istonlik fuqarolar bilan konsullik va boshqa yordam ko‘rsatish ishlari kuchaytirildi.
8. Koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari XXRning tegishli davlat organlari va boshqa manfaatdor mamlakatlar bilan zarur o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.
9. Agar kerak bo‘lsa, Xitoyning Uxan shahrida tahsil olayotgan qozog‘istonlik talabalarni va boshqa Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarini evakuatsiya qilishni ta’minlash.
10. Qozog‘istonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash vazifasi Bosh vazir o‘rinbosari B. Saparbayev boshchiligidagi idoralararo komissiyaga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston ham Xitoy fuqarolari 7 kungacha vizasiz rejim joriy etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter