Qozog‘iston shimolida xavfli kasallik avj olmoqda (mi)? Rasmiy izoh
Qozog‘iston shimolida kuydirgi kasalligi shiddat bilan tarqalayotgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Aytilishicha, virus chorva mollari go‘shtlarida qayd etilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bu ma’lumotga izoh berdi.
«Qozog‘iston bozorlari peshtaxtalariga kuydirgi bilan zaharlangan go‘sht mahsulotlari sotilayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuningdek, Oqmo‘la viloyatining Kosshi shahrida kuydirgi o‘choqlari borligi haqidagi xabar yolg‘ondir», — deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlikning qayd etishicha, avvalroq kuydirgi yuqtirish holatlari qayd etilgan Oqmo‘la viloyatining Ushkarasu qishlog‘ida karantin joriy etilgan, zararlangan go‘sht zudlik bilan olib qo‘yilgan, nobud bo‘lgan qoramollar yo‘q qilingan. Voqea joyida Sog‘liqni saqlash vazirligi va veterinariya nazorati inspeksiyasi xodimlari ish olib bormoqda.
«O‘rganilgan barcha o‘choqlarda dezinfeksiya ishlari olib borildi, keyingi tadqiqotlar uchun tuproq va yer osti suvlaridan namunalar olindi», — deya xulosa qildi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter