Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston sarmoya muhitini o‘zgartirishga bel bog‘ladi

Qozog‘iston sarmoya muhitini o‘zgartirishga bel bog‘ladi

Qozog‘iston xorij sarmoyasini ko‘proq jalb qilish uchun amaliy choralarni kuchaytirishga kirishdi. Kazinform axborot agentligi xabariga ko‘ra, prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolangan «Mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya jalb etish bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror ana shunga qaratilgan. 

«Sarmoya iqtisodiyotning bosh dvigatellaridan biri sanaladi. Energotizimni modernizatsiya qilish zarurati, sanoatlashtirish bo‘yicha katta rejalar, shuningdek, qat’iy pul-kredit siyosati inobatga olinsa, Qozog‘istonning investitsiyalarga ehtiyoji kuchli», – deydi moliyaviy tahlilchi Andrey Chebotaryov.

Qozog‘istonga 2021 yilda 23,8 milliard, 2022 yilda 28 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij sarmoyasi jalb etilgan. Joriy yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 13,3 milliard dollarni tashkil qilgan.

Sarmoyalarning katta qismi xomashyo sektoriga kiritilgan. O‘tgan yili neft-gaz qazib olishga 9,6 milliard, metallurgiyaga 4 milliard dollar sarmoya jalb etilgani holda, elektr ta’minoti tizimi 635,6 million dollar, oziq-ovqat ishlab chiqarish yo‘nalishi 177,9 million dollarga qanoat qilgan.

Shunga ko‘ra, Q.To‘qayevning yangi farmonida sarmoya muhitini tubdan yaxshilanish vazifasi qo‘yilgan.

Hujjatda hukumat huzuridagi Sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha kengash vakolatlarini kengaytirish, mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Kengashga qonun kuchiga ega hujjatlar qabul qilish vakolati ham berilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring