Qozog‘iston Rossiyadagi savdo vakolatxonasini yopdi

Qozog‘iston hukumati Rossiyadagi savdo vakolatxonasini yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
«Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vazirligining «Rossiya Federatsiyasidagi Qozog‘iston Respublikasi savdo vakolatxonasi» davlat muassasasi tugatiladi», — deyiladi hukumat qarorida.
Respublika Savdo vazirligi davlat organlari faoliyatini optimallashtirish jarayoni doirasida savdo idorasini yopish zarurligini tushuntirgan. Shu bilan birga, qo‘shimcha qilinishicha, bu qaror Rossiya bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ta’sir qilmaydi. Bugungi kunda Qozog‘istonda Rossiya ishtirokidagi 8 mingga yaqin kompaniya va 3348 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro savdo vakillarini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim 1992 yil oktabr oyida imzolangan. Vakolatxona respublika eksportyorlari va distribyutorlariga Rossiya bozoriga kirish va o‘zini o‘rnatishda, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, Rossiyada tovarlar va xizmatlarni ilgari surishda yordam berib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter