Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston rekord darajadagi g‘alla hosilini sota olmayapti

Qozog‘iston rekord darajadagi g‘alla hosilini sota olmayapti

Qozog‘iston dehqonlari o‘tgan yili g‘alladan rekord miqdorda hosil oldi. Logistika va Rossiyaning bozorga qo‘shilishi tufayli qo‘shni davlatlarga hali kerakli hajmda g‘alla sotishning imkoni bo‘lmadi, deb yozadi «Zakon.kz».

Qayd etilishicha, 2022 yilgi g‘alla hosilining katta qismi omborlarda qolmoqda. Bunga birinchidan, Rossiyaning Markaziy Osiyo bozorlariga chiqishi, ikkinchidan, logistika bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lmoqda.

Qozog‘iston uchun asosiy bozorlardan bo‘lgan Eron ham beqaror, deydi Don ittifoqi raisi Aleksandr Malov.

Shuningdek, Qozog‘istondan don sotib olgan Xitoy pandemiya davrida savdoni to‘xtatgan. Savdo endi qayta tiklanmoqda.

Dengiz aloqasi orqali yangi savdo aloqalarini o‘rnatish vaziyatdan chiqish yo‘li bo‘lishi mumkin. Don ombori qurilishi rejalashtirilgan Gruziya porti qulay markazga aylanishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring