Qozog‘iston neft mahsulotlarini olib chiqishni taqiqlamoqchi

Qozog‘iston energetika vazirligi «Qozog‘iston Respublikasi hududidan neft mahsulotlari olib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi hamkorlikdagi buyruq loyihasini tayyorladi, deb xabar berdi «Zakon.kz».
Buyruq loyihasiga ko‘ra:
Qozog‘iston Respublikasi hududidan avtomobil transportida benzin, dizel yonilg‘isi, neft mahsulotlarining ayrim turlarini (moylovchi materiallar, avtomobil transport vositalarini ishlab chiqaruvchi-zavod benzobakda ko‘zda tutgandan, shuningdek 20 litrdan oshmaydigan alohida idishlardagilardan tashqari) olib chiqishni 6 oy muddatga taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Buyruq loyihasi Qozog‘iston normativ-huquqiy hujjatlar ochiq portali muhokamasiga 19-aprelga qadar qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter