Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston haqida nojo‘ya gapirganlar mamlakatga kiritilmaydi

Qozog‘iston haqida nojo‘ya gapirganlar mamlakatga kiritilmaydi

Joriy yil 2-oktyabrda bo‘lib o‘tgan brifingda Qozog‘iston TIV matbuot kotibi Aybek Smadiyarov jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, mamlakat haqida salbiy fikr bildirganlarning alohida ro‘yxati borligini bildirib o‘tdi.

«Tabiiyki, bizda bunday ro‘yxatlar bor. Biroq bu ishchi ro‘yxat va biz uni jamoatchilikka oshkor qilolmaymiz. Aniq raqamlar haqida ham to‘xtalmayman», – deydi TIV rasmiysi.

Brifing chog‘ida jurnalistlar ushbu shaxslarga nisbatan qanday choralar ko‘rilayotgani haqida so‘radi.

«Chegaralar yopilyapti, bu odamlar mamlakatga kira olishmaydi», – deya tushuntirish berdi Smadiyarov.

Brifingda, shuningdek, rossiyalik ayrim faollarning Qozog‘istonni Ukraina kabi «denatsifikatsiyalash» va «demilitarizatsiyalash» zarur, degan gaplariga ham munosabat bildirildi.

Smadiyarov ushbu gaplar rasmiy Kremlning tutumi emasligini, ayni paytda mamlakat Rossiya bilan juda yaxshi munosabatlarga ega ekanligini hamda yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona strategik davlatlar sifatida hamkorlik qilinayotganini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring