Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston chegarasini 98 mingga yaqin rossiyalik kesib o‘tdi – OAV

Qozog‘iston chegarasini 98 mingga yaqin rossiyalik kesib o‘tdi – OAV

Qisman safarbarlik e’lon qilinganidan keyin 98 mingga yaqin rossiyalik Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan. Bu haqda ma’lum qilmoqda.

Euronews nashrining yozishicha, Qozog‘iston va Gruziya Rossiyani tark etmoqchi bo‘lganlarga avtomobil, velosiped, skuter yoki piyoda yetib olishlari uchun eng qulay yo‘nalishlarga aylandi.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lum toifadagi 300 mingga yaqin zahiradagi harbiy xizmatga chaqirilishi kerakligini aytgandi. Biroq joylarda chaqiruv qog‘ozlari «ma’lum toifa»dagilardan boshqalarga ham yetib borayotgani aytilmoqda. Bu esa safarbarlik ko‘lamining kengroq bo‘lishi haqidagi xavotirlarga sabab bo‘lyapti.

«Hozirda safarbarlik qisman deb e’lon qilingan, biroq hujjatlarga ko‘ra, u to‘liq bo‘lganga o‘xshaydi. Prezidentning gaplari esa qog‘ozda yozilganiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun odamlar (bu yerda turganlar) ertami-kechmi to‘liq safarbarlik e’lon qilinishidan qo‘rqishadi. Undan keyin hech kim mamlakatni tark eta olmaydi», – deydi Rossiyadan chegara orqali Qozog‘istona o‘tayotgan fuqarolardan biri.

Qozog‘iston hukumati urushga safarbarlik sabab mamlakatini tark etayotgan rossiyaliklarga «g‘amxo‘rlik qilish va xavfsizliklarini ta’minlashga» va’da berdi.

Shu bilan birga, mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonning tashqi siyosatdagi pozitsiyasi betarafligini ta’kidladi.

«Davlatlarning hududiy yaxlitligi buzilmas bo‘lishi kerak. Bu asosiy tamoyil. Men bu haqda xalqaro maydonda hamisha ochiq va aniq gapirib kelganman», – degan To‘qayev.

Bundan tashqari Qozog‘iston IIV Rossiyadan qochib o‘tayotgan fuqarolarni, agar ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zhatilmagan va xalqaro qidiruvga berilmagan bo‘lsa, Rossiyaga ekstraditsiya qilinmasligini bildirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring