«Qo‘shnilarimiz xavotirlanmasin» — tolibonlardan ilk matbuot anjumani

«Tolibon» harakati Kobulni ishg‘ol etganidan beri kecha, 17 avgust kuni birinchi marta matbuot anjumani o‘tkazdi.
«Biz Amerika va unga ittifoqdosh kuchlar bilan ishlagan tarjimon va boshqa mutaxassislarning xavfsizligini ta’minlaymiz. Ayollarning huquqlari islom doirasida to‘la kafolatlanadi», dedi tolibon vakili.
Ularning aytishicha, tolibonga qarshi kurashgan askarlarga ham, avvalgi hukumat uchun ishlagan xodimlarga ham to‘liq amnistiya e’lon qilinadi.
«Bizning hududimizdan turib hech kimga va hech bir davlatga qarshi xuruj va terror amaliyoti amalga oshirilmaydi. Qo‘shnilarimiz ham bizdan xavotir olmasin. Xususiy matbuot mustaqilligi ta’minlanadi, faqat ular «milliy qadriyatlar»ga qarshi ishlamasligi kerak», deyiladi matbuot anjumanida.
Tolibon vakiliga ko‘ra, tez orada hukumat tuziladi.
Tolibonlarning afg‘on hukumatini qanday ishg‘ol qilgani haqidagi voqealar xronikasi bu yerda batafsil berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter