Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirol Charlz surati «qog‘oz pullar»da paydo bo‘ldi

Qirol Charlz surati «qog‘oz pullar»da paydo bo‘ldi

Foto: BBC

Angliya banki qirol Charlz III portreti tushirilgan banknotalar taqdimotini o‘tkazdi.

Charlz tasvirlangan 5, 10, 20 va 50 funt sterling qiymatidagi kupyuralarni chop etish 2024-yil o‘rtalaridan boshlanadi.

Angliya banki e’lon qilishicha, qirollik saroyi tavsiyasiga binoan hamda ekologik va moliyaviy zararlarning oldini olish uchun eski banknotalar yangilariga sekin-asta, eskirib borishi va talab oshishiga qarab almashtirib boriladi.

Marhum qirolicha tasvirlangan banknotalar eskirishini ko‘p kutishga to‘g‘ri keladi, chunki ular plastikdan tayyorlangan. Yelizaveta va Charlz pullari yonma-yon muomalada bo‘ladi.

Sentyabrda Charlz III tasvirlangan ilk tangalar chiqarilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring