Qirg‘izistonlik deputat viloyatlarni rivojlangan davlatlar boshqaruviga berishni taklif qildi
Qirg‘iziston parlamenti deputati Akilbek Japarov Qirg‘iziston viloyatlarini rivojlangan davlatlar boshqaruviga berib, shu orqali ularni taraqqiy etishini taklif etdi. Bu haqda «Asia Plus» yozmoqda.
«Masalan, Botken yoki Norin viloyatini Yaponiyaga beraylik. Undagi yo‘llar, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar tuzilmalar xuddi Yaponiyadagi kabi bo‘lsin, rivojlansin. AQShga esa yana bir viloyatni taqdim etaylik. 6 viloyatimizni yirik davlatlarga (shu jumladan Rossiya)ga beraylik» degan Japarov «Maral» radiosiga bergan intervyusida.
Japarovning bayonotida Qirg‘izistonda mavjud 40 dan ziyod davlatlar elchixonasiga mamlakatning 40 ta tumanni berish taklifi ham bor.
Qirg‘izistonda 7 viloyat va 2 ta respublikaga bo‘ysunadigan shahar mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter