Qirg‘izistonda uran va toriy konlarini o‘zlashtirishga ruxsat berilmoqda
Bugun, 13-iyun kuni Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kenesh) uran va toriy konlarini o‘zlashtirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qiluvchi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi yakuniy o‘qishda qabul qildi.
Qonun loyihasi tashabbuskori — mamlakat hukumati.
Qirg‘iziston tabiatni muhofaza qilish vazirligi taqiq bekor bo‘lganidan so‘ng mamlakatdagi 83 ta konda jahon bozorida talab katta bo‘lgan foydali qazilmalarni o‘zlashtirishni boshlash mumkinligini ma’lum qildi. Uran va toriyga qo‘yilgan taqiq bu yerdagi boshqa foydali qazilmalarni o‘zlashtirishga xalaqit bermoqda, deyiladi xabarda. Vazirlik ishontirishicha, qazilma ishlari aholiga ziyon yetkazmaydi.
Bosh vazir Akilbek Japarov ushbu qonun birinchi navbatda uran va toriy emas, balki titanomagnetit konlarini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lganini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter