Qirg‘iz prezidenti uchun yangi bino qurilyapti
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida prezident administratsiyasi uchun yangi bino qurish boshlangan. Kecha davlat rahbari Sadir Japarov ushbu qurilishni ramziy ma’noda ochib bergan.
Aytilishicha, yangi bino avvalgi 1Issiq ko‘l» mehmonxonasi o‘rnida bunyod etiladi. Mehmonxona abgor holatga kelib qolgani uchun yangi binoga shu yer tanlangani aytilgan.
Shuningdek, umumiy maydoni 21 ming kv. m. administratsiya yangi binosi ro‘parasida boshqaruv kompleksi joylashadi. Sadir Japarovga ushbu binolar taqdimoti o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter