Qatar besh yil deganda ilk bor BAAga elchi tayinladi
Qatar amiri Sulton bin Salmin al-Mansuriyni Birlashgan Arab Amirliklariga yangi elchi etib tayinladi.
«Sulton bin Salmin Al Mansuriy BAAdagi Favqulodda va Muxtor elchi etib tayinlansin», — deyiladi farmonda.
Qayd etilishicha, farmon e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Qatar rasmiylari 2017-yilda Doha va Abu-Dabi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganidan beri birinchi marta BAAga elchi tayinlashga qaror qildi.
Bundan avval Qatar Tashqi ishlar vazirligi Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib olgani, ikki davlat elchixonalari va konsulliklari 19-iyun, dushanbadan ish boshlaganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter