Qahramonmarashda kuchli zilziladan so‘ng 648 ta aftershok qayd etildi
Turkiyadagi zilzida o‘chog‘i — Qahramonmarashda 6-fevraldagi 7,7 magnitudali zilziladan so‘ng jami hisoblaganda 648 ta aftershok qayd etildi. Bu haqda Turkiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) bayonot berdi.
Aftershoklar — takroriy yer qimirlashlari.
Ta’kidlanishicha, hududda vaqtincha yashash uchun 50 818 ta chodir o‘rnatilgan. Odamlarga ruhiy madad berish maqsadida 2 902 nafar mutaxassis jalb etilgan.
8-fevral soat 09:30 (O‘zbekiston vaqti) holatiga Turkiyada zilzila qurbonlari soni 7,1 ming nafar, jarohatlanganlar soni 40,9 ming nafardan oshib ketdi.
Tabiiy ofatdan qo‘shni mamlakatlar ham aziyat chekmoqda. Xususan, Suriyada qurbonlar soni 2,5 ming, jarohatlanganlar soni 4,5 ming nafardan oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter