Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qadimgi shafqatsiz qirg‘in qurbonlari topildi

Qadimgi shafqatsiz qirg‘in qurbonlari topildi

Foto: «Donpress.com»

Xalqaro olimlar guruhi temir davridagi ommaviy qotillik izlarini topishdi. «Antiquity» jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari haqida «Phys.org» press-relizida ma’lum qilindi.

Mutaxassislar hozirgi Ispaniya hududida joylashgan qadimgi La-Xoyya manzilgohidagi qazilma ishlari paytida topilgan skelet qoldiqlarini o‘rganishdi. 13 ta inson suyagi chiqqan: to‘qqizta katta yoshli odam, ikkita o‘smir qiz va bitta chaqaloq — ularning hammasi miloddan avvalgi 365 va 195 yillar oralig‘ida halok bo‘lishgan.

Arxeologlar qirg‘in o‘ta shafqatsizlarcha amalga oshirilganini ta’kidlashmoqda: qurbonlardan birining boshi tanasidan judo qilingan, qizlardan biri esa qo‘li kesib tashlangandan so‘ng o‘ldirilgan: mis bilaguzuk taqilgan qo‘l tanasidan bir necha metr uzoqlikdan topilgan. Jasadlar dafn etilmagan, ayrimlarida kuyish belgilari aniqlangan. Bu qishloqqa hujum qilingani, aholi qirib tashlangani va uylarga o‘t qo‘yilganidan dalolat beradi. Shunga ko‘ra, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, temir davri Pireney yarim orolida zo‘ravonliklar davri bo‘lgan.

Temir davrida odamlar metallga ishlov berishni, undan turli qurol-aslahalar yasashni o‘rganib olishgan.

Temir davri miloddan avvalgi XII asrdan milodiy IX asrgacha davom etgan. Biroq Yevropa va Osiyoning turli joylarida u har xil asrlarda boshlangan va tugagan (Shimoliy Yevropada u milodiy birinchi ming yillikning deyarli oxirigacha davom etgan).

O‘zbekiston hududida Temir davri yodgorliklari miloddan avvalgi 8-6-asrlarga mansub bo‘lib, ular Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring